"Asosiy ko'nikmalar" blokida professional distribyutorning asosiy vositalari bilan tanishing. Kompaniya rahbarlari yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, uchrashuvlar o'tkazish va eng kutilmagan savollarga javob berish bo'yicha tavsiyalar bilan o'rtoqlashadilar.
Coral Club Ustalari tarixi shuni isbotladiki, bu yerda hamma muvaffaqiyat qozonishi mumkin. O'z oldingizga ulkan maqsadlar qo'ying va ularga erishish uchun Kompaniya vositalaridan foydalaning!
Sizning tanishlaringiz ro'yxati cheksiz bo'lishi mumkin! Tanishlar davrasini kengaytirish va ro'yxatingizni to'ldirish uchun harakatlaringizni tartibga solishga yordam beradigan ko`nikmalarni o`zlashtiring
E'tirozlar bilan ishlay olish har bir yetakchining kuchli tarafidir. E'tirozlar savollar, ishonchsizlik, salbiy munosabat shaklida bo'lishi mumkin. Ularga o'z mahoratingizning sinovidek munosabatda bo'ling! Zero, bugungi har bir e'tiroz sizni ertangi uchrashuvlarga tayyorlaydi.
Taklif - bu tuhfa. Bu taqdirga hayotni keskin o'zgartirish, uni yangi ranglar, imkoniyatlar, istiqbollar bilan to'ldirish imkoniyatini berish kabidir. Taklif qilishni - tuhfa qilishni o'rganing
Qanday uchrashuvlar xotirada qoladi? Biz uchun yengil, ijobiy, foydali, qiziqarli. Va har birimiz bunday uchrashuvlarni boshdan o'tkazishga qodirmiz.
Qachonki sizning jamoangizda qo'shimcha imkoniyatlarga (daromad, sayohat, voqealar, e`tirof ...) qiziqqan odam paydo bo'lsa - bu sizning xizmatingiz! Yangi sherigingizga Coral Club ning imkoniyatlar olamida o`z o`rnini topishga yordam bering
Sizda avvaldan ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar bormi? O'z sahifalaringizni jamoaga yangi odamlarni jalb qilish uchun qanday yuritishni o'rganmoqchimisiz? Boshlang'ich o`qishdan boshlang va tavsiyalarga amal qiling.
Ko'p narsa sizning malakali hamrohligingizga bog'liq: yangi qo`shilganlar sizning doimiy va ongli iste'molchilaringizga aylanadimi, ular qo'shimcha daromad olish imkoniyatlariga qiziqadimi yoki biznes qurishni, jamoani rivojlantirishni boshlaydilarmi? Asosiysi, hamma narsani bosqichma-bosqich bajarish.